Ijtimoiy tarmoqlarda Captiva haydovchisi qarama-qarshi yo`nalishda harakatlangani aks etgan video tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo`ldi.
Aniqlanishicha, ushbu holat Farg`ona viloyati Qo`qon shahrida sodir bo`lgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB JXX YHXB Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Captiva haydovchisi avtomobilining davlat raqami belgisini o`zboshimchalik bilan echib olib, qarama- qarshi yo`nalishda harakatlangan.
“Joriy yilning 1 yanvarga o`tar kechasi Captiva rusumli avtomobilimda qarama-qarshi yo`nalishda harakatlandim. Qilgan ishimdan pushaymonman. Bu holat takrorlanmaydi, -deya ta`kidladi qoidabuzar haydovchi.
Mazkur holat yuzasidan o`rganish ishlari olib borilgan. Unga ko`ra, avtotransport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga qo`yilgan. Haydovchiga nisbatan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.






