Toshkentda keksa ayol mast erkak tomonidan kaltaklandi. Hodisa shu yilning 7 yanvar kuni kechki paytda sodir bo`lgan. Jabrlanuvchi Elena Shavalieva o`zi qarayotgan nafaqaxo`r ayolning xonadonidaligida uning mast o`g`li kelib, hamshiraga hujum qilgan. Elena kvartiradan chiqib, tashqariga qochishga muvaffaq bo`lgan. Zudlik bilan polisiyaga qo`ng`iroq qilgan va tez yordamni chaqirgan.
Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibining Darakchi.uz'ga ma`lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan ayol kishini kaltaklash fakti bo`yicha 109-modda (Qasddan badanga engil shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ma`lum qilinishicha, 109-modda bo`yicha jinoyat ishi birlamchi materiallar asosida qo`zg`atilgan, agar tibbiy ko`rikda asoslar mavjud bo`lsa, modda qayta toifalanishi mumkin.






