1

Erining katta meros qoldirganidan bexabar ayol uni 50 yil kutdi

Dunyo 11.11.2016, 16:17
Teglar: Ayol, Boylik, Er-xotin
Erining katta meros qoldirganidan bexabar ayol uni 50 yil kutdi

Serbiyalik Mariya Zlatich ismli ayol 50 yil mobaynida eridan maktub kutib, umri o`tdi, deb yozadi “Nonbox.ru” nashri.

Bu keksa ayol o`rmonning bir chetida joylashgan kichkina uychasida bor-yo`g`i 100 dollar evaziga kun ko`rdi. Ammo oddiy va zerikarli kunlarning birida etib kelgan xabar uning hayotini ostin-ustin qilib yubordi.

Bu voqea 1956 yilda boshlangandi. Mariya va Momchilo Zlatich Avstraliyaga jo`naganda hali juda yosh edilar. Momchila duradgor bo`lib ishlar, Mariya esa fermerlik ishi bilan shug`ullanar, ularning kichkina xo`jaligi bor edi. Ular ertaklardagi kabi baxtli hayot kechirishardi. Oradan 18 oy o`tgandan keyin Mariyaga onasining qattiq betob bo`lganligi haqidagi xabar keladi. U Serbiyaga qaytishga qaror qiladi. O`shanda eri bilan qirg`oqda xayrlashar ekan, bu so`nggi vidolashuv ekanligini xayoliga ham keltirmaydi.

Mariya onasi vafot etguncha, uning yonidan jilmadi. Oldinda uni qanday sinovlar kutayotganidan hali bexabar edi. Ba`zi bir sabablarga ko`ra, u turmush o`rtog`ining yoniga, Avstraliyaga qayta olmadi. Ular tez-tez xat yozishib turar, shu bilan ayriliq o`tini pasaytirishga harakat qilishardi. Mariya har hafta sevgan yoridan kelgan xatni olish uchun pochta qutisi oldiga yugurardi. Ammo yillar o`tgan sari xatlar siyraklasha bordi. Bir kuni pochta qutisining bo`m-bo`shligini ko`rgan Mariya hammasi tugaganligini angladi. Oradagi uzoq masofa juftlik uchun juda og`ir sinov bo`ldi. Sukunat yillari o`n yilliklarga aylandi. Mariya o`rmon chetidagi kichkina uyda yolg`iz hayot kechira boshladi. Keksayganda esa, unga yaqin do`stlari va qo`shnilari yordam berdi. Mariyani bilgan odamlar juda mehribon va ajoyib ayol ekanligi, hammaga qo`lidan kelgancha yordam berishi haqida so`zlashardi. Uzoq yillardan keyin Mariya erining Avstraliyada ikkinchi bor uylanganini, fermerlik bilan shug`ullanib, boyib ketganligi haqidagi mish-mishlarni eshitadi. U bu g`iybatlarga ishonmaydi va qayta turmushga chiqmay, erini kutadi. Mariyaning eri Momchilo 2011 yilda vafot etadi. Undan ayrilganiga chidolmay, ko`z yosh to`kkan Mariya oldinda uni qanday syurpriz kutayotganidan hali xabari yo`q edi.

Ma`lum bo`lishicha, sobiq eri Mariyaga 670.000 ming dollarni meros qilib qoldirgan ekan. Keksa va kambag`al Mariya bir kechada millionerga aylanadi. Chunki bu mablag` 7 million serb dinoriga teng edi. Rasmiyatchilik va hujjatlarni to`g`irlash uchun 4 yil vaqt o`tib ketadi. Ammo u o`zining qarori bilan atrofdagilarni hayratga soldi. Mariya o`ziga bir dollar ham qoldirmay, merosni shu paytgacha holidan xabar olgan, yolg`izligini bildirmagan do`stlari va yaqinlariga bo`lib berdi. 

“Menga bu pullar kerak emas. Suv, non va yoqish uchun ozgina o`tin bo`lsa, bas. Men ketishga tayyorlanayotgan joyda pul zarur bo`lmaydi”, – dedi Mariya.

Arzimagan pul uchun bir-birini o`ldirishga-da, tayyor bo`lgan odamlar yashaydigan zamonamizda Mariyaning hayoti barchaga o`rnak bo`ladi. Boshqalarga beg`araz yordam beradigan odamlarni ko`rganda, kimdir qoyil qolsa, kimningdir labiga istehzoli tabassum yuguradi. Aynan Mariyaga o`xshagan ayollar haqida esa afsonalar to`qiladi.

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Navoiylik ayolning uyiga kelgan mehmonlardan biri boshqasini pichoqladi

13.12.2019, 10:00

Joriy yilning 5 dekabr kuni soat 13:00larda Navoiy shahrida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan L.A. ismli ayolning uyiga tanishlari mehmonga keladi.Ulardan biri 1972 yilda tug`ilgan D.K....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1