Ijtimoiy tarmoqlarda erkak kishi go`dak farzandiga turli shakldagi qiynash, uni hayoti va sog`lig`ini xavfga soluvchi harakatlar qilayotgani tasvirlangan video tarqalgangani haqida xabar berilgan edi.
Shavfqatsiz ota A.B. ning garov evaziga hibsdan chiqqanligi to`g`risida gaplar tarqaldi.
Bolalar Ombudsmanining ma`lum qilishicha, ushbu xabarlar haqiqatga zid. Jizzax shahar IIB huzuridagi TB tomonidan 2023 yil 21 dekabr kuni A.B. ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 110-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari, 112-moddasi 1-qismi va 168-moddasi 4-qismiga binoan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Fuqaro A.B. JPKning 221-moddasi tartibida ushlanib, TIIB VShga joylashtirilgan va bugungi kunda ham hibsda saqlanmoqda.
A.B. tomonidan bolaning onasi Z.X. ga mutassil tazyiq o`tkazilib kelinganligi inobatga olinib, 2023 yil 28 dekabrda Z.X. ga himoya orderi berilgan hamda uning va voyaga etmagan farzandi A.X. ning xavfsizligini ta`minlash choralari ko`rilgan.






