AsosiyJamiyat

1 martdan boshlab 16 ta lisenziya va ruxsatnoma bekor qilinmoqda

'1 martdan boshlab 16 ta lisenziya va ruxsatnoma bekor qilinmoqda'ning rasmi

AOKAda Adliya vaziri o`rinbosari va mutasaddilari ishtirokida o`tkazilgan matbuot anjumanida tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda lisenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish yuzasidan ma`lumot berildi:

 O`zbekiston Prezidentining tegishli Farmoni bilan:
- 7 turdagi ruxsat beruvchi hujjat to`liq bekor qilinadi (masalan, bojxona tashuvchilari reestriga kirishda yuklarni tashish uchun ruxsatnoma talab qilinmaydi);
- 6 turdagi ruxsat beruvchi hujjat birlashtirish yo`li bilan bekor qilinadi (xususan, eksport nazorati ob`ektlarini olib chiqish uchun ruxsatnoma hamda maxsus tovarlar eksporti va importi uchun lisenziya birlashtirilmoqda);
- 3 ta lisenziya va ruxsatnoma xabarnoma tartibiga o`tkaziladi (masalan, endilikda turagentlik faoliyati bilan lisenziyasiz shug`ullanish mumkin bo`ladi).
Farmonda belgilangan yana bir muhim tartib ayrim sohalarda lizenziya va ruxsat berish tartib-taomillari soddalashtirilgan “Biznesga lisenziyasiz kirish” maxsus rejimi joriy etilmoqda. 
Bundan tashqari, Farmon bilan 2024 yilda normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish ta`sirini baholashdan o`tkazish rejasi tasdiqlandi. 
 Tadbirkorlar tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobotlarning 50 foizga qisqartirilgan yagona ro`yxati tasdiqlanmoqda.
 

    Boshqa yangiliklar