Bugun ijtimoiy tarmoqlarda iqtidorli jurnalist, Byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasi matbuot kotibi sifatida ishlagan Ayjamal Joldasbaevaning bevaqt vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirilmoqda. U 27 yoshida vafot etdi, yaqinlarining feysbukda yozishicha unda homiladorlik davri og`ir kechgan.
U ma`lum muddat o`lik homila bilan yurgan va bola olinganidan keyin uning ahvoli og`irlashib, dastlab Taxtako`pir tumanidagi kasalxonaga etkazilgan. 3 kun avval Nukus shahridagi tez yordam shifoxonalaridan biriga olib borilgan va o`sha erda vafot etgan. Uning 2 yoshga to`lmagan o`g`il farzandi bor.
Eslatib o`tamiz, Ayjamal Joldasbaeva 1997 yil 23 yanvarda Qoraqalpog`istonning Taxtako`pir tumanida tug`ilgan. 2014 yilda Zulfiya mukofoti bilan taqdirlangan.
11.01.2024 19:07
Jurnalist Ayjamal Joldasbaeva 27 yoshida vafot etdi






