AsosiyJamiyat

Tayvanlik investorlar Nurota tumaniga 25 mln dollarlik sarmoya kiritmoqchi

'Tayvanlik investorlar Nurota tumaniga 25 mln dollarlik sarmoya kiritmoqchi'ning rasmi

Bugungi kunda Biyday Qizilqum va Nurota tog` tizmalari chorrahasidagi Nurota tumanida granit va marmar kabi qurilish materiallari, bentonitdek sanoat xomashyosi hamda oltin qazib olish va qayta ishlash sanoat usulida yo`lga qo`yilib, tuman iqtisodiyotida sanoatning ulushi oshib bormoqda.

Yaqinda Tayvandagi bir qator kompaniyalar vakillaridan iborat investorlar Nurota tumani hokimligida qabul qilindi.
Uchrashuvda mehmonlar o`zlarining biznes taqdimotlarini o`tkazib, mezbonlar taqdim etayotgan imkoniyat va salohiyat bilan tanishdi.

Hududning investisiyaviy jozibadorligi bizga juda ma`qul. Eng muhimi, mehnatkash va salohiyatli mehnat resurslari mavjudligi loyihalarimizni tezroq ishga tushirishimizga imkon beradi, — dedi “DATATEK TECHNOLOGY” Co., LTD. kompaniyasi rahbari Rey Hang.

Tayvanlik investorlar 25 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan investisiya yo`naltirib, “Sorbentlar” guruhiga mansub mahsulotlar (faollashtirilgan ko`mir, sulfat ko`mir, kationitlar va anionitlar, texnik uglerod) ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish hamda marmar va kvars toshiga ishlov berish, oltin qazib olish va qayta ishlash istagini bildirishgan.

    Boshqa yangiliklar