Rossiya Federasiyasining Penza viloyatida sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasi oqibatida xalok bo`lgan va jabrlanganlarni O`zbekistonga olib kelish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshchiligida maxsus bort bugun, 12 yanvar kuni soat 11:20 da Rossiya Federasiyasiga uchib ketdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Eslatib o`tamiz, Nijnelomov rayonida harakatlangan “JAC” rusumli “Miniven” avtomobili va “Volvo” rusumli yuk avtomobili to`qnashishi oqibatida avtomobil ichida bo`lgan jami 9 nafar O`zbekiston Respublikasi fuqarolaridan 7 nafari voqea joyida halok bo`lgan, 2 nafar yo`lovchi turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan edi.






