AsosiyJamiyat

Toshkentning Yunusobod tumanidagi ikkita ko`cha ikki kunga yopiladi

'Toshkentning Yunusobod tumanidagi ikkita ko`cha ikki kunga yopiladi'ning rasmi

 Toshkent shahrida yog`ingarchiliklar oqibatida hududlarda suv to`planib qolishining oldini olish maqsadida drenaj tizimlarini reja asosida yangilash va ta`mirlash ko`zda tutilgan. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar bermoqda.

 Shu ishlar doirasida, poytaxtning Binkat ko`chasi to`liq, Rixsiliy ko`chasi ertaga, 12 yanvar soat 10:00 dan 14 yanvar 21:00 gacha qisman yopildi. 

Harakat Rixsiliy ko`chasida yo`lning bir tomonidan har ikki yo`nalishda amalga oshiriladi.

"Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so`ragan holda, haydovchilarga shu vaqt oralig`ida aylanma yo`llardan foydalanishni tavsiya qilamiz", - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar