AsosiyJamiyat

Buxoroda universitet ishchisi ehtiyotsizligi sabab o`zini otib o`ldirdi

'Buxoroda universitet ishchisi ehtiyotsizligi sabab o`zini otib o`ldirdi'ning rasmi

Joriy yilning 10 yanvar kuni soat 16:20larda Buxoro Davlat universiteti  Talabalar turar joyi qozonxonasi ishchisi o`zini otib qo`ydi. 

Ma`lum qilinishicha, universitet yotoqxonasiga qarashli qozonxona  ishchisi, 32 yoshli fuqaro X.M. yotoqxonaga yaqin manzilda turgan o`z avtomashinasiga o`tirgan va yonida bo`lgan pnevmatik qurolni qo`liga olgan va ehtiyotsizligi sabab tana qismiga yaqin tutgan holda tepkini bosib yuborgan. 

X.M. avtomashinasidan tushib, yotoqxonaning birinchi qavatida joylashgan tibbiyot punktiga birinchi yordam so`rab borgan. Birinchi yordam ko`rsatilgan, biroq qon yo`qotishi oqibatida u vafot etgan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.  

Marhumning o`limi bo`yicha sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan. 

    Boshqa yangiliklar