Toshkent shahrining Yunusobod tumanida Matiz yonib ketdi. Bu haqda YHXB ma`lumot berdi.
Holat bugun, 12 yanvar kuni Yunusobod tumani TXAY-Yangi Yunusobod ko`chalari chorrahasida yuz bergan. 1969 yilda tug`ilgan haydovchi I.B. boshqaruvidagi Matiz rusumli transport vositasida qisqa tutashuv sodir bo`lganligi oqibatida yong`in kelib chiqqan.
Yong`in o`t o`chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.Yong`in natijasida tan jarohati olganlar bo`lmagan.
Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong`in yuzaga kelishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda.






