AsosiyJamiyat

Toshkent va Samarqand viloyatlarida valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritmoqchi bo`lganlar ushlandi

'Toshkent va Samarqand viloyatlarida valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritmoqchi bo`lganlar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan Chirchiq shahrida o`tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug`ullanib kelgan S.S. jami 3 000 AQSh dollarini fuqaro E.M.ga 37,2 mln so`mga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan yana 1 304 AQSh dollari, 100 evro va 70 ming Qozoq tengesi ashyoviy dalil sifatida olingan. 

Shu kabi, Departamentning Samarqand tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug`ullanib kelgan M.O. jami 3 200 AQSh dollarini fuaro A.A.ga 39,6 mln so`mga sotgan vaqtida shayoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o`tkazish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar