2024 yil 12 yanvar kuni soat 22:13da Yangiyo`l tumani, “Qo`shyog`och” MFYda joylashgan “DELTA KOMPRESSOR” MChJ ga qarashli AGTKSh bostirmasining 10 kv.m. maydonda shifti va tagida turgan “KAMAZ-53212” rusumli yuk avtomobilida yong`in yuzaga kelgan.
FVV axborot xizmati xabar berishicha, yong`inga yong`in qutqaruv ekipajlari soat 22:17da etib borib, 22:20da o`rab olinib, 22:38da o`chirildi.
Yong`in natijasida tan jaroxati olgan va halok bo`lgan fuqarolar qayd etilmadi.
Yong`inning kelib chiqish sabablari va zarar miqdori aniqlanmoqda.






