AsosiyJamiyat

Toshkentda kafe yonib ketdi, 3 kishi jarohatlangan (video)

'Toshkentda kafe yonib ketdi, 3 kishi jarohatlangan (video)'ning rasmi

Bugun, 13 yanvar kuni soat 09:39 da Toshkent shahar Mirobod tumani, Sarakul ko`chasida joylashgan kafelarning birida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida shahar FVBga xabar tushdi, deb xabar qilmoqda FVV matbuot xizmati.

Shunga ko`ra, 5 ta yong`in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 09:44 da etib borib, yong`in soat 10:06 da o`rab olingan va soat 10:35 da o`chirilgan. 

Yong`in natijasida kafe binosining taxminan 150-200 kv.m maydonda tom va shift qismi yonib zararlangan.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, yong`indan 3 nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Yong`in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar