2023 yilning dekabr oyida Toshkent shahrida o`rtacha va to`liq ta`mirlangan uy-joylar uchun ijara narxlarida tushish kuzatildi. Lekin, 4 xonali xonadonlarning ijara narxlarida ko`tarilish qayd etildi.
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2023 yilning dekabr oyida Toshkent shahrida uy-joy uchun taklif etilgan ijara narxlarini tahlil qildi.
2023 yilning dekabr oyida Toshkent shahrida o`rtacha va to`liq ta`mirlangan uy-joylar uchun ijara narxlarida tushish kuzatildi. Lekin, 4 xonali xonadonlarning ijara narxlarida ko`tarilish qayd etildi.
2023 yilning so`nggi oyida o`rtacha ta`mirlangan xonadonlar uchun taklif etilgan ijara narxlari noyabr oyidagiga nisbatan o`rtacha 0,3 foizga pasaydi.
Ushbu guruhda 1 xonali xonadonlar uchun taklif etilgan ijara narxlari noyabr oyidagiga nisbatan o`rtacha 0,2 foizga pasayib, 400 dollarni tashkil etgan bo`lsa, 2 xonali xonadonlar uchun o`rtacha ijara narxlari (443 dollar) 1 foizga, 3 xonali uylarning ijara narxlari (515 dollar) 0,7 foizga arzonlashgan. 4 xonali uylarning o`rtacha ijara narxlari (594 dollar) esa 0,7 foizga oshgan.
To`liq ta`mirlangan guruhdagi uylar uchun taklif etilgan o`rtacha ijara narxlarida 0,4 foiz tushish kuzatildi. Xususan, shahar bo`yicha 1 xonali uylar uchun o`rtacha ijara narxlari (476 dollar) 2 foiz arzonlashgan bo`lsa, 2 xonali (653 dollar) va 3 xonali (782 dollar) uylar uchun ushbu ko`rsatkich mos ravishda 0,3 foiz va 0,4 foizni tashkil etgan. Lekin, 4 xonali uylar uchun o`rtacha ijara narxlari 0,9 foiz qimmatlashgan va 915 dollarga etgan.
Ijara narxlari to`g`risidagi ma`lumotlar olx.uz platformasidan veb skreping (web scraping) usulida to`plandi. Bunda noyabr oyi uchun 45.4 mingta va dekabr oyi uchun 41.4 mingta ma`lumotdan foydalanildi.






