AsosiyJamiyat

Bugun kunduzi ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, shimolda qor yog`adi

'Bugun kunduzi ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, shimolda qor yog`adi'ning rasmi

"O`zgidromet" xabariga ko`ra, bugun kunduzi ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, shimolda qor yog`adi. Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 8-13° iliq, shimolda 5-10° sovuq bo`ladi.

Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida yomg`ir yog`adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 11-13° iliq bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda  ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-8° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar