O`zbekistonlik 37 yoshli ayol Ozodaxon Tadjibaeva sog`lig`i yomonlashganligi tufayli Istanbul shahridagi Samatya shifoxonasiga yotqizilgan. Bu haqda O`zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Joriy yilning 12 yanvar kuni soat taxminan 20:00 lar chamasida shifoxonaga yotqizilgan ayol ko`rsatilgan shoshilinch tibbiy yordamga qaramasdan vafto etgan.
Marhumaning Turkiyada yaqin qarindoshlari bo`lmaganligi sababli O`zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi holatga aniqlik kiritib, uning Andijon viloyatida yashovchi yaqinlari bilan aloqa o`rnatib, voqea tafsilotlari batafsil tushuntirilgan.
Xabarda Bosh konsulxona tomonidan holat yuzasidan barcha zarur konsullik-huquqiy yordam ko`rsatilishi tashkil etilib, marhumaning jasadini qisqa vaqt ichida O`zbekiston Respublikasiga jo`natish choralari ko`rilayotgani ayotilgan.
Marhumaning yaqin qarindoshlariga chuqur hamdardlik bildirgan holda, ushbu holatga befarq bo`lmagan Turkiyada vaqtincha bo`lib turgan vatandoshlarimizga o`z minnatdorchiligimizni bildiramiz, deyiladi Konsullik xabarida.






