“O`zgidromet” 15 yanvar, dushanba kun kutilayotgan ob-havo haqida ma`lumot berdi.
Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo`ladi, yomg`ir yog`adi, qorga aylanishi mumkin. Shamol g`arbdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-2 daraja iliq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, cho`l hududlarda kechasi 5-10 daraja sovuq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridahavo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Shamol g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 5-10 iliq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi bor. Shamol g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.






