Afg`onistonda AQSh qurolli kuchlarining yirik aviabazalaridan birida portlash yuz berdi, deb xabar qildi “Ria.ru” nashri.
Portlash oqibatida 4 kishi halok bo`lgan, 14 kishi jarohatlangan. Voqea Bagramda joylashgan yirik aviabazalardan birida bugun sodir bo`ldi. Portlash uchun javobgarlikni “Tolibon” radikal guruhi o`z bo`yniga olgan. Portlashni xudkush-terrorchi amalga oshirgan.
2015 yilning 1 yanvaridan beri NATOning yangi “Qat`iy madad” missiyasi Afg`onistonda xizmat olib borayapti. Afg`oniston va NATO o`rtasidagi shartnomaga asosan, mamlakatda 12 ming nafar AQShlik harbiy xizmatchilar Afg`oniston harbiylariga harb sirlaridan saboq berib kelmoqda. Missiya jangovor emas deb e`lon qilingan.