AsosiyJamiyat

Buxoroda ayol 5 yoshli bolasini doimiy ravishda qiynab kelgani aniqlandi

'Buxoroda ayol 5 yoshli bolasini doimiy ravishda qiynab kelgani aniqlandi'ning rasmi

Buxoro viloyati Shofirkon tumanida S.N. o`z farzandi 2018 yilda tug`ilgan S.F. ni beshikka bog`lagan holatda tayoq va boshqa jismlar bilan muttasil ravishda uzoq vaqt davomida (2022 yilning mart oylaridan 2023 yil noyabr oyigacha) kaltaklab, qiynab kelgani aniqlandi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani kuzatuv olib borayotgani ma`lum qilindi.

Mazkur holat yuzasidan S.N.ga nisbatan JKning 110-moddasi 2-qismi, «a»,«v» bandlari (voyaga etmagan, ojiz ahvoldaligi ayon bo`lgan shaxsni qiynash) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda Shofirkon tumani IIB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar