AsosiyJamiyat

Yunusobod tumanidagi kafeda yong`in chiqdi

'Yunusobod tumanidagi kafeda yong`in chiqdi'ning rasmi

Bugun, 15 yanvar kuni Toshkent shahar Yunusobod tumani, Osiyo ko`chasida joylashgan vaqtinchalik ovqatlanish joylarining birida yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma`lum qildi.

Ma`lum qilinishicha, yong`in bo`layotgani to`g`risida soat 02:51 da Toshkent shahar FVBga xabar tushgan. Shunga ko`ra, 5 ta yong`in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 02:55 da etib borgan.

Yong`in soat 03:04 da o`rab olingan va soat 03:09 da o`chirilgan. Sodir bo`lgan yong`in oqibatida ovqatlanish joyining taxminan 150 kvadrat metr maydoni zararlangan.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida halok bo`lgan va jabrlanganlar yo`q. Hozirda yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanyotgani bildirilgan.

    Boshqa yangiliklar