O`zbekiston TIV Tayvanda bo`lib o`tgan saylovlar bilan bog`liq vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotganini ma`lum qildi.
Unga ko`ra, O`zbekiston "Yagona Xitoy" tamoyilini qat`iy qo`llab-quvvatlashini va Xitoy Xalq Respublikasi hukumati Xitoyning yagona qonuniy hukumati, Tayvan esa Xitoy hududining ajralmas qismi ekanligini ma`lum qildi.
"O`zbekiston ikki sohil o`rtasidagi munosabatlarning tinch yo`l bilan rivojlanishining qat`iy tarafdori hamda XXR hukumatining Xitoyni birlashtirish yo`lidagi barcha sa`y-harakatlarini qo`llab-quvvatlaydi", - deyiladi xabarda.
Eslatib o`tamiz, joriy yil 13 yanvar kuni Tayvanda prezidentlik saylovlari bo`lib o`tdi. Unda Tayvanning amaldagi vise-prezidenti, hukmron Demokratik progressiv partiya etakchisi, suverenitetni himoya qiluvchi va XXRning hududiy da`volarini rad etuvchi Lay Sinde g`alaba qozondi.
Siyosatchi Pekin bilan hamkorlikni rivojlantirish tarafdori bo`lgan muxolifatdagi Gomindan partiyasidan o`zining asosiy raqibi Xou Yu-ini ortda qoldirib, 40 foizdan ko`proq ovoz to`pladi.