AsosiyJamiyat

O`zbekiston ayrim elektr jihozlarini olib kirishni chekladi (ro`yxat)

'O`zbekiston ayrim elektr jihozlarini olib kirishni chekladi (ro`yxat)'ning rasmi

"Elektrotexnika sanoatining ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yanada oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi prezident qarori qabul qilindi.

Hujjatga ko`ra, 1 fevraldan boshlab respublikaga ishlab chiqaruvchining vakolatli vakillari yoki rasmiy dilerlar bo`lgan taqdirdagina olib kirish mumkin bo`lgan elektr jihozlari ro`yxati belgilanadi.

Ro`yxat quyidagi jihozlarni o`z ichiga oladi:

• alyuminiy radiatorlar;
• issiq suv qozonlari;
• suv isitgichlari;
• bug` qozonlari;
• changyutgichlar;
• kir yuvish mashinalari;
• sovutkich, muzlatgichlar;
• televizorlar va monitorlar;
• maishiy gaz plitalari;
• duxovka va pechlar;
• mikroto`lqinli pechlar, dazmollar;
• kondisionerlar;
• suyuqlik nasoslari.

Vakolatli vakillar yoki rasmiy dilerlar sifat, xavfsizlik va xizmat ko`rsatishni ta`minlashi kerak.

    Boshqa yangiliklar