AsosiyJamiyat

Navoiyda ayanchli YTH sodir bo`ldi

'Navoiyda ayanchli YTH sodir bo`ldi'ning rasmi

Navoiy shahridagi "leon ostanovka"da ayanchli YTH sodir bo`lgani aytilgan xabar ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB Matbuot xizmati izoh berdi.

Joriy yilning 15 yanvar kuni soat 02:00 atrofida, Navoiy shahar "I.Karimov" ko`chasida A.N ismli haydovchi boshqaruvida bo`lgan Matiz avtomashinasi svetaforning ta`qiqlovchi qizil chirog`ida to`xtab turgan vaqtda, Volkswagen ID6 Crozz PRO avtomashinasi haydovchisi O.N avtomashinani I.Karimov ko`chasining "Makro" savdo majmuasi yo`nalishi bo`yicha boshqarib kelib, Matiz'ning orqa qismiga kelib urilishi natijasida yo`l-transport hodisasi sodir qilgan.

Ushbu YTH oqibatida Matiz avtomashinasining orqa o`rindig`ida bo`lgan yo`lovchilar E.U hamda O.G`. olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vofot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Navoiy shahar IIB tergov bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar