AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ta`lim muassasalarida ayrim mahsulotlar iste`moli kamaytiriladi

'O`zbekistonda ta`lim muassasalarida ayrim mahsulotlar iste`moli kamaytiriladi'ning rasmi

O`zbekistonda maktabgacha va maktab ta`lim tizimida sog`lom ovqatlanishni ta`minlash mo`ljallanmoqda.  

Bunda, bolalar va yoshlar o`rtasida semizlikni 30 foizga qisqartirish ko`zda tutilgan.

“Aholi salomatligi-2030” milliy strategiyasining 2024-2026 yillarga mo`ljallangan amaliy tadbirlar rejasiga ko`ra, bolalarga mo`ljallangan nosog`lom oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar, bolalar oziq-ovqat mahsulotlari hamda energetiklar, dori vositalari, biologik faol moddalar reklamasiga talab va cheklovlarni kuchaytirish rejalashtirilmoqda.

Ta`lim muassasalarida bolalar va yoshlar uchun tavsiya etilmaydigan mahsulotlar, shu jumladan tarkibida shakar, tuz, transyog`lar miqdori yuqori bo`lgan oziq-ovqat mahsulotlari, ta`m va rang beruvchi qo`shimchalar ro`yxati tasdiqlanadi va ularning iste`moli kamaytiriladi.

Yoshi, tana tuzilishi, turmush tarzi va kasalliklarga moyilligidan kelib chiqib, bolalar uchun to`g`ri ovqatlanish, jismoniy mashqlar va gigiena qoidalari bo`yicha tavsiyalar to`plami yaratiladi.

    Boshqa yangiliklar