AsosiyDunyo

Eron Iroqdagi “josuslik markazi”ga va Suriyadagi IShIDga raketa hujumi uyushtirganini e`lon qildi

'Eron Iroqdagi “josuslik markazi”ga va Suriyadagi IShIDga raketa hujumi uyushtirganini e`lon qildi'ning rasmi

Islom inqilobi qo`riqchilari korpusi Erbil shahri yaqinidagi Iroq Kurdistoniga zarbalar berdi. Bu haqda Eron davlat matbuoti xabar berdi, deb yozadi Reuters.

Ma`lumotlarga ko`ra, hujum “josuslik markazlari” va “Eronga qarshi terrorchi guruhlar to`planadigan joylarda” amalga oshirilgan.

Reuters agentligining xabar berishicha, portlashlar Erbildan 40 kilometr shimoli-sharqda, Amerika elchixonasi joylashgan hududda eshitilgan. Diplomatik missiyaga tegishli binolarga zarar etmagan.

ABC News Iroq xavfsizlik kuchlaridagi manbaga tayanib, Amerika elchixonasi yaqinida sakkizta nishonga hujum qilingani haqida xabar berdi.

Reuters va ABC News xabarlariga ko`ra, zarbalar natijasida to`rt kishi halok bo`lgan. Erbil aeroporti yopildi.

    Boshqa yangiliklar