Qirg`iziston prezidenti Sadir Japarovning aytishicha, avvalroq qochib ketgan deputat Emil Jamg`irchiev Salimboydan “ikki do`st”ni o`ldirishda yordam so`ragan. Qayd etilishicha, qirg`izistonliklar Japarovning o`zini va Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi rahbari Qamchibek Tashievni “ikki do`st” deb atashadi.
Qirg`iziston prezidenti Sadir Japarovning aytishicha, avvalroq qochib ketgan deputat Emil Jamg`irchiev o`zbekistonlik “taniqli kriminal boshliq Salim Abduvaliev”dan ikki kishini o`ldirishda yordam so`ragan.
“Menda bir yigit chegaradan O`zbekistonga bormay, chegarani kesib o`tib, “Salim boyvachcha” laqabli shaxs bilan uchrashib, ikki do`stini yo`q qilishda yordam so`ragani haqida xabarim bor”, — dedi Japarov qirg`izlarga bergan intervyusida.
Prezident deputat ishi bilan O`zbekiston Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi va razvedka xizmati xodimlari ish olib borayotganini qo`shimcha qildi.
Qayd etishilicha, qirg`izistonliklar prezident Sadir Japarov va Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi rahbari Qamchibek Tashievni “ikki do`st” yoki qirg`iz tiliga tarjima qilingan “eki dosami” deb atashadi.
Avvalroq O`zbekistonda Jamg`irchievga nisbatan jinoiy ish ochilgan edi. Bosh prokuratura ma`lumotlariga ko`ra, gumonlanuvchi deputat Qirg`izistonning O`zbekiston bilan chegarasini noqonuniy kesib o`tgan. Respublika Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi rahbari Qamchibek Tashievning so`zlariga ko`ra, Jamg`irchiev avvalroq O`zbekistonda “taniqli kriminal Salim Abduvaliev” bilan uchrashish uchun chegarani noqonuniy kesib o`tgan. Tergov shuningdek, Jamg`irchievning yordamchisi maxfiy hujjatlarni O`zbekiston tomoniga o`tkazgan deb hisoblamoqda.
Jamg`irchiev 9 yanvar kuni Respublika Oliy Kengashi binosidan ikkinchi qavatdan sakrab qochib, noma`lum tomonga g`oyib bo`lgan.






