AsosiyJamiyat

Farg`onada fuqaro va IIB xodimi o`rtasida kelib chiqqan janjal yuzasidan izoh berildi (video)

'Farg`onada fuqaro va IIB xodimi o`rtasida kelib chiqqan janjal yuzasidan izoh berildi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda Farg`ona shahrida IIO xodimi va fuqaro o`rtasida janjal kelib chiqqani haqida xabar tarqaldi.

 Holatga viloyat IIB rasmiy munosabat bildirdi.

 2023 yil 17 dekabr kuni fuqarolarning IIOga shikoyati asosida Farg`ona shahar IIO FMB 3-son IIB profilaktika inspektori kapitan T.Hoshimov tungi soat 23:50 da shahardagi Mash`al MFYdagi ko`p qavatli uyning erto`lasida joylashgan "Rich" ko`ngilochar maskan (karaoke bar)ga kelib, tungi vaqtda fuqarolarning tinchini buzib, baland ovozda qo`shiq kuylayotgan va kompyuter o`ynayotgan mijozlarni tarqatmoqchi bo`lganida, ushbu maskan rahbari, 1995 yilda tug`ilgan A.x. IIO xodimlarining qonuniy talablariga bo`ysunmay, jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan, faol qarshilik ko`rsatgan.

 Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 15 oktyabrdagi 648-son Qarori 11-bandida ko`p kvartirali uyning erto`lasida joylashgan korxonalar, restoranlar, kafelar, barlar hamda ko`ngilochar maskanlarning soat 23.00 dan keyingi faoliyatiga yo`l qo`yilmasligi ko`rsatib o`tilgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro A.x.ga nisbatan MJtKning 183-moddasi 194-moddalari bilan hujjatlar rasmiylashtirilib qonuniy qaror qabul qilish uchun JIB Farg`ona shahar sudiga yuborildi. 

    Boshqa yangiliklar