Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi qurilish ob`ektlaridan birining yuqori qavatidan pastga chiqindi tashlangani aks etgan video tarqaldi.
Holat Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi tomonidan o`rganildi. O`rganish natijasiga ko`ra mazkur huquqbuzarlik fuqaro I. K. tomonidan sodir etilganligi aniqlandi.
Huquqbuzarga nisbatan MJtKning 91-moddasi 1-qismi bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. I. K. BHMning 5 barobari — 1 million 700 ming so`m miqdorida jarimaga tortildi.






