AsosiyJamiyat

Rossiyada 7 nafar o`zbekistonlik avtohalokatga uchradi. Halok bo`lganlar bor (video)

'Rossiyada 7 nafar o`zbekistonlik avtohalokatga uchradi. Halok bo`lganlar bor (video)'ning rasmi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaga ketayotgan Lada Largus avtomashinasi halokatga uchragani haqida videolar tarqaldi.

Birozdan so`ng, bugun, 16 yanvar kuni soat 11:30 atrofida Samara viloyati M-5 Ural avtomobil yo`lining 745-kilometrida "Lada Largus" va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo`lgani haqida xabar berildi.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, o`zbek davlat raqamlariga ega bo`lgan Lada Largus haydovchisi boshqaruvni yo`qotib, yo`lning qarama-qarshi qismiga chiqib ketishi oqibatida yuk mashinasi bilan to`qnashib ketgan.

Ma`lum qilinishicha, Largusda bo`lgan etti kishidan uch nafari vafot etgan. Qolganlari tez yordam mashinasida olib ketilgan. bu haqda Stavropol okrugi prokurori Dmitriy Xartxay izoh berdi.

Eslatib o`tamiz 11 yanvar kuni Penzada  9 nafar O`zbekiston fuqarosi Volvo yuk mashinasi va JAC mikroavtobus ishtirokida YTHga uchragan, ulardan 8 nafari halok bo`lgan edi.

    Boshqa yangiliklar