Avvalroq Nuz.uz internet sayti o`z sahifasida muxbir xodimi Mixail Dovlatov jurnalistik tekshiruv olib borayotgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ushlanib, javobgarlikka tortilgani yuzasidan xabar bergandi.
Oliy sud muxbirga yuritilgan ish haqida ma`lumotlarni ochiqladi.
"Novosti Uzbekistana" internet-nashri muxbiri Mixail Dovlatovga yuritilgan ish tugatildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar Uchtepa tuman sudining 2024 yilning 16 yanvaridagi qaroriga muvofiq, 1986 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan, "Novosti Uzbekistana" internet-nashri muxbiri Mixail Dovlatovning harakatida ma`muriy huquqbuzarlik alomati yo`qligi sababli, unga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismi bilan yuritilgan ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ish ushbu kodeksning 271-moddasi (ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ishlarni yuritishni istisno etuvchi holatlar) 1-bandiga asosan tugatilgan.