AsosiyJamiyat

O`zbekistonda moliyalashtirish to`liq yakunlangan 8 trillion so`mlik mingta loyiha haligacha ishga tushmagan

'O`zbekistonda moliyalashtirish to`liq yakunlangan 8 trillion so`mlik mingta loyiha haligacha ishga tushmagan'ning rasmi

Prezident raisligida eksport, investisiya va mahalliy sanoatda 2024 yilda turgan vazifalar bo`yicha yig`ilish boshlandi.

Davlatimiz rahbari yalpi ichki mahsulotni oshirish bo`yicha katta marra olinganini, lekin bunga faqat ichki investisiya va ichki bozor bilan erishib bo`lmasligini qayd etdi:

“Yagona to`g`ri yo`limiz – xorijiy investisiyalarni faol jalb qilish va eksportni ko`paytirish”.

Hozirgi murakkab vaziyatda tizimda investisiya va eksport bo`yicha chuqur tahlil yo`qligi tanqid qilindi.

Asosiy bozorlarimiz bo`lgan mamlakatlardagi devalvasiya, jahonda ro`y berayotgan ziddiyatlar va logistika hisobiga ularga eksport kamaygan.

Bunday murakkab vaziyat bugun yoki kecha boshlanmagani, Investisiya vazirligi va tarmoqlar rahbarlari eksport bozorlarini diversifikasiya qilish ustida o`z vaqtida bosh qotirmagani ko`rsatib o`tildi.

Davlatimiz rahbari tizimdagi muammolarni sanab o`tdi.

Kompleks rahbariyati so`nggi olti yilda chetdan qariyb 50 milliard dollar investisiya kirgani haqida ma`lumot berayotgani, lekin ushbu investisiyalarning yalpi ichki mahsulotga, qo`shilgan qiymatga, eksportga ta`siri qanday bo`lgani bo`yicha tahlillar etarli emasligi qayd etildi.

Masalan, o`tgan yili yalpi ichki mahsulot ham, sanoat ham 6 foizga o`sdi. Biroq, tovarlar eksportida kutilganidek o`sish bo`lmagani aytildi.

Hududlarda esa moliyalashtirish to`liq yakunlangan 8 trillion so`mlik 1 mingta loyiha haligacha ishga tushmagan.

Mamlakatimiz sertifikatlarini tan olish bo`yicha haligacha birorta davlat bilan kelishuvga erishilmagan.  

Xalqaro moliya tashkilotlari bilan qiymati 480 million dollarlik 5 ta loyiha bo`yicha kelishuv imzolanganiga 1-2 yil bo`lgan bo`lsada, o`zlashtirish boshlanmagan.

Yoki, ikki yil oldin tashkil qilingan To`g`ridan-to`g`ri investisiyalar jamg`armasiga 1 milliard dollar xorijiy investisiya olib kelish bo`yicha rejalar to`liq amalga oshirilishi shartligi ko`rsatib o`tildi.

    Boshqa yangiliklar