1

Videochilar e`tirozi: Munisa Rizaeva to`ylarda kelin-kuyovga tilak bildirishdan bosh tortmoqda!

Shou-biznes 14.11.2016, 11:53
Teglar: Xonanda, Shou-biznes, To`y, Munisa Rizaeva
Videochilar e`tirozi: Munisa Rizaeva to`ylarda kelin-kuyovga tilak bildirishdan bosh tortmoqda!

So`nggi paytlarda poytaxtdagi to`yxonalarda bo`lib o`tayotgan to`ylarda bir odat urfga kirgan. Ya`ni to`yda qo`shiq kuylab bo`lib, boshqa xizmatga ketayotgan xonandadan to`ydagi videochi kelin-kuyovlarga tilak bildirishini so`raydi. Biroq ularning bu iltimoisini hamma san`atkor ham bajara olmaydi. Kelin-kuyovlarga tilak bildirishdan muntazam ravishda voz kechadigan san`atkorlar ro`yxatining birinchi o`rnida xonanda Shohruhxon turar ekan. Endi esa bu ro`yxatga Munisa Rizaeva ham qo`shilgan. Buning sababini bilish uchun “Sayyod”nashri xonanda bilan bog`landi

“Ha, bunday holatlar ko`p uchraydi,chunki biz boshqa to`y xizmatlariga ulgurmayotgan bo`lamiz. Videochilar o`zini ishini qilyapti, biz esa o`zimizni ishimizni. Bizlarni to`ylarga qo`shiq kuylab xizmat qilishga chaqirishadi, tilaklar yo istaklar bildirib, intervyu bergani emas. Boshqa xizmatlar xam borku shu kuni, mabodo qaysidir to`yga  5 daqiqaga kech qolib ko`ringchi  boshqa to`ylarga borish vaqti surilib ketadi va natijada qaysidir to`yga bora olmasligimiz mumkin.  Videochilar boshqa paytni topishsin yoki navbat kutib turganimizdan foydalanishsin, aynan shoshib chiqib ketayotganimizda kelib tabrik so`rashadi. Unda yo qo`shiq aytaylik to`yda yo intervyu berib ketaylik”,—deydi Munisa Rizaeva.

Sharhlar

Samarqandda to`yda yo`qolib qolgan 4 yoshli bolaning jasadi quduqdan topildi (video)

01.10.2022, 14:39

Samarqanddagi to`yxonada yaqinlarining qarovsiziligi sabab yo`qolgan bolakay, bazmgoh atrofidagi 8 metrlik quduqqa tushib ketganligi aniqlandi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.Ma`lum qilinishicha,...
To`y fojiaga aylandi: marosimga ketayotgan kuyov daryoga cho`kib ketdi

20.07.2022, 09:30

Pokistonda to`yda ishtirok etish uchun kelayotgan mehmonlar bo`lgan qayiq cho`kib ketdi, deya xorij OAVga asoslanib yozmoqda "Zamon.uz"Ma`lum qilinishicha, kamida 20 kishi halok bo`lgan. Ular ayollar...
O`zbekistonda to`ylarni 100 kishilik qilib o`tkazishga ruxsat berildi

20.09.2021, 10:56

Avval xabar berganimizdek, Respublika maxsus komissiyasining yig`ilishida O`zbekistonda karantin talablarini qisqartirish orqali aholiga madaniy va ma`naviy hordiq chiqarish hamda dam olishlarini mazmunli o`tkazish uchun qulay...
"Kuyovbolaning yoshi mеndan kichik". Munisa Rizaeva turmushga chiqayotgani haqida ma`lum qildi (video)

08.01.2021, 10:17

Xonanda Munisa Rizaeva turmushga chiqmoqda. Bu haqda xonandaning o`zi Instagram sahifasida muxlislari bilan bo`lgan jonli savol-javob efiri chog`ida ma`lum qildi. Xonanadaga ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan bir qancha...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1