Iroqning Mosul shahridagi “Islom davlati” terrorchilik guruhining ayollar bo`linmasi a`zolari o`zlarini xudkushlar bo`linmasiga o`tkazish to`g`risidagi farmoyishdan so`ng ommaviy qochishni amalga oshirdi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, terrorchilik guruhi a`zolaridan biri guruh rahbari Abu Bakru al-Bog`dodiyga berilgan qasamni buzgani uchun qatl etilgan. Qolgan terrorchi ayollar esa qidirilmoqda.
“Daish”ning ayollar shariat polisiyasi terrorchilar tomonidan bosib olingan hududlarda diniy me`yorlarga amal qilinishni nazorat qiladi.





