Aralash qoidalar bo`yicha sobiq MMA chempioni Misha Teyt faoliyatini yakunlaganligini ma`lum qildi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
Amerikalik jangchi 12 noyabr kuni AQShning Nyu-York shahrida UFC 205 turniri doirasida Rakel Penningtonga kutilmaganda imkoniyatni boy berib qo`ygandi.
Hakamlar bir ovozdan Rakelning g`alabasini ta`minlashgan edi. Misha Teyt dunyoning eng chiroyli jangchi-qizlaridan biri hisoblanadi. U bir necha marotaba dunyoning ko`zga ko`ringan jurnallari muqovasini bezagan.





