Qozog`iston Respublikasi Milliy banki mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboevning surati aks etgan o`n ming tengelik kupyurani taqdim etdi, deb xabar berdi “Tengrinews.kz” nashri.
Qozog`iston respublikasi Milliy banki raisi Doniyor Akishev Nursulton Nazarboevning surati aks etgan o`n ming tengelik banknotni namoyish qildi. Bu banknotdan 1 dekabrdan boshlab, foydalanish mumkin.


Bugun tenge dunyoga kelganiga 23 yil to`ldi. 1993 yilning 12 noyabrida mamlakat rahbari milliy valyutani kiritish haqida xalqqa murojaat qilgan edi.





