AsosiyDunyo

Isroil HAMASni ikki oy tinch qo`yishi mumkin. Sharti esa...

'Isroil HAMASni ikki oy tinch qo`yishi mumkin. Sharti esa...'ning rasmi

Isroil hukumati HAMASga harakat tomonidan garovga olingan barcha shaxslarni ozod qilish evaziga jangovar harakatlarni to`xtatishni nazarda tutuvchi bitim tuzish taklifini kiritdi.

“Isroil Qatar va Misr vositachilari orqali  HAMASga harbiy harakatlarni ikki oygacha to`xtatib turish taklifini etkazdi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, bu “G`azoda qolgan barcha garovga olinganlarni ozod qilishni nazarda tutuvchi ko`p bosqichli kelishuvning bir qismi” bo`lishi mumkin.

Manbalarga ko`ra, Isroil harbiy vazirlar mahkamasi o`n kun oldin garovga olish bo`yicha yangi taklif parametrlarini ma`qullagan. Ular HAMAS rad etgan avvalgi takliflarga qaraganda yaxshiroq.

Bitim omon qolgan barcha garovga olinganlarni ozod qilishni va o`lganlarning jasadlarini bir necha bosqichda qaytarishni o`z ichiga oladi. Birinchi bosqichda og`ir ahvolda bo`lgan ayollar, 60 yoshdan oshgan erkaklar va garovga olinganlarni ozod qilish taklif qilingan.

Keyingi qadamlar qatoriga ayol askarlar, 60 yoshgacha bo`lgan va harbiy bo`lmagan erkaklar, Isroil askarlari va garovga olinganlarning jasadlarini topshirish kiradi.

Kelishuv shartlariga ko`ra, Isroil va HAMAS har bir isroillik garovga olingan falastinlik mahbuslar sonini oldindan kelishib oladi, so`ngra mahbuslarning ism-shariflari bo`yicha alohida muzokaralar olib boradi.

Shuningdek, Isroil qo`shinlarini anklavning asosiy aholi punktlaridan olib chiqib ketish va kelishuv amalga oshirilgach, falastinlik tinch aholining G`azo shahri va shimoliy sektoriga bosqichma-bosqich qaytishiga ruxsat berishni ham o`z ichiga oladi.

Ma`lumotlarga ko`ra, Oq uyning Yaqin Sharq koordinatori Brett Makgurk yakshanba kuni tegishli muzokaralar uchun Misr va Qatarga borgan.

 

    Boshqa yangiliklar