62 yoshli britaniyalik Karin Gibson ismli ayol o`zining Paddi laqabli labradorini juda yaxshi ko`radi, deb xabar beradi “Nonbox.ru” nashri.
Karin Gibson dam olishdan qaytganda, uni Paddi har doimgiday xursand holda eshik yonida kutib oldi. U egasining atrofida aylanib, yuzlaridan yalashga harakat qildi. Keyin esa hech qachon qilmaydigan bir harakatni amalga oshirdi...
“U juda shilqim itga aylandi, o`tirganimda quchog`imga o`tirib olib, nafas olishimni, ko`zlarimni kuzatar va ko`kragimga bosh qo`yishga harakat qilardi. Ayniqsa, o`ng ko`kragimga ko`proq e`tibor berardi. U xuddi biror narsani sezayotganday, juda bezovta edi. Bu hol uzoq davom etdi ”, deb xotirlaydi ayol.
Karin hayvonlarning egasida mavjud kasalliklarni sezishi haqida eshitgan voqealarni esladi va ko`ngil xotirjamligi uchun vrachga ko`rinishga qaror qildi. Ayol tibbiy ko`rikdan o`tgandan keyin tahlil natijalarini eshitib, dahshatga tushdi: doim iti hidlashga harakat qiladigan o`ng ko`kragida bez paydo bo`libdi. Vrachlarning aytishicha, saraton vaqtida aniqlangani uchun uni kimyoterapiyasiz ham davolasa bo`lar ekan.
Fanda hayvonlarning egasiga xavf solayotgan kasallikni sezishlari ilgaridan isbotlangan. Bunday hodisalarning har biri ulkan mo``jizadir.