AsosiyJamiyat

Ziroat Mirziyoeva Xitoy Milliy muzeyiga tashrif buyurdi

'Ziroat Mirziyoeva Xitoy Milliy muzeyiga tashrif buyurdi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoevning Xitoyga davlat tashrifi doirasida O`zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoeva Xitoy Xalq Respublikasi Raisining rafiqasi Pen Liyuan hamrohligida Pekindagi Xitoy Milliy muzeyini ko`zdan kechirdi.

Ushbu hashamatli muzeyda Chin mamlakatining 5000 yildan ortiq tarixidan so`zlovchi 620 mingdan ortiq noyob eksponatlar saqlanadi.

Birinchi xonimlar muzeydagi Xitoyning boy madaniyati haqida so`zlovchi nodir ekspozisiyalarni katta qiziqish bilan tomosha qildilar.

Samimiy suhbatda xalqlarimiz madaniyati va qadriyatlari o`xshashligi, rishtalarimiz ko`p ming yillik tarixga ega ekani, bularning barchasi bugungi munosabatlarimiz rivojiga kuchli sur`at bag`ishlayotgani qayd etildi.  

Ziroat Mirziyoeva xalqlarimizni yanada yaqinlashtirish, o`zaro anglashuvni mustahkamlash maqsadida madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish muhimligini, mamlakatlarimizda muntazam o`tkazib kelinayotgan Madaniyat kunlari bunga yorqin misol ekanini ta`kidladi.

Muzey bilan tanishuv iliq va samimiy ruhda o`tdi.

    Boshqa yangiliklar