AsosiyDunyo

Odam savdosida gumonlanib qidiruvga berilgan o`zbekistonlik ikki ayol deportasiya qilindi

'Odam savdosida gumonlanib qidiruvga berilgan o`zbekistonlik ikki ayol deportasiya qilindi'ning rasmi

Turkiya va O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o`tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, 2018 yildan buyon O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvda bo`lgan, 1985 y.t., DILNOZA UMAROVA va 2017 yildan buyon O`zbekiston Respublikasi  Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvda bo`lgan 1983 y.t., MAVLUDAXON ULMASOVA joriy yilning 10 yanvar kuni Istanbul shahrida qo`lga olingan edi.

O`zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasining xabar berishicha, ayollar Bosh konsulxonasi xodimlari ishtirokida Istanbul xalqaro aeroportidan O`zbekistonga deportasiya qilindilar.

“O`z o`rnida shu turdagi va boshqa og`ir jinoyatlarni sodir etgan fuqarolarga “Qonun – ustuvor, jinoyatga jazo muqarrar”ekaniligi yana bir marta eslatib o`tamiz”, deyiladi xabarda.

Ushbu shaxslarning xatti-harakatlaridan jabr ko`rgan fuqarolardan O`zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilish so`raladi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar