Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo`g`on taniqli turk aktyori Murat Yildirimga sevgilisi marokashlik go`zallik malikasi Imane Elbanining qo`lini so`rashga yordam berdi, deb yozadi “1news.az”.
Ma`lumotlarga ko`ra, Turkiya prezidenti FaceTime vositasida qizning otasi bilan bog`langan. Murat Yildirim sevgilisi uchun Turkiyada unutilmas uchrashuv tashkillashtirdi. Model va aktrisa Imane Elbani qadimiy turk musiqiy cholg`u vositalari zurna va duvala sadolari ostida kutib olindi.
To`yga tayyorgarlik ko`rayotgan juftlik Turkiya prezidentidan qizning Marokashdan yashaydigan otasi bilan gaplashishni so`radi.
Rajab Toyib Erdo`g`on Imanening otasi bilan FaceTime vositasida bog`landi va undan qizi Imanening Murat Yildirimga turmushga chiqishiga rozilik bildirishini so`radi.
Murat Yildirim sevgilisining peshonasidan o`pib qo`ydi. Bu esa turk an`analariga ko`ra “U meniki” deganidir.
Imane Elbani o`z yurtida go`zallik malikasi sifatida e`tirof etilgan.