Xonanda Jasur Umirov 14-15-16 noyabr kunlari “Istiqlol” san`at saroyida yakkaxon konsert dasturini taqdim etmoqda. Kosertning birinchi kunida “Darakchi.uz” muxbirlari mehmon bo`ldi.
Konsertda “Dizayn” qiziqchilar jamoasi ham ishtirok etdi. Ularning xazillaridan tomoshabinlar miriqib kuldi. Ayniqsa, ularning Jasur Umirovni tanqid qilishlari kutilmagan holat bo`ldi. Navbatdagi qo`shig`ini ijro etib bo`lgan Jasur Umirov sahnada turganida “Dizayn” qiziqchilari chiqib keldi va Jasurga qarata: “Shuncha ustoz san`atkorlar, taniqli xonandalar oldida qo`rqmasdan, tortinmasdan fonogrammada kuylayotganingizga qoyil!”, dedi.
Bu “tanqid”dan biroz hijolat bo`lgan Jasur Umirov bugun, 15 noyabr kungi konsertida bir blokni to`liq jonli ijroda kuylashga va`da berdi.
Jasur kiyimini almashtirib chiqqunicha “Dizayn” jamoasi tomoshabinlarni o`zlarining kulguli xazillari bilan xushnud qildi.
“‘Dizayn’ jamoasini konsert dasturiga xush kelibsiz! Jasur Umirov konsertimizda qo`shiq aytishni iltimos qilgandi, yo`q deya olmadik” qabilidagi xazillar tomoshabinlarga manzur bo`ldi.
Avvalroq Jasur Umirov konsertida kuylanadigan 12 ta qo`shiqni konsertga bir kun qolganida yozganini ma`lum qilgani haqida xabar bergan edik.