AsosiyJinoyat

Urgutda 2,2 mlrd so`m kredit mablag`ini o`zlashtirgan MChJ rahbari aniqlandi

'Urgutda 2,2 mlrd so`m kredit mablag`ini o`zlashtirgan MChJ rahbari aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tuman bo`limi tomonidan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda “Z.B.” MChJ rahbari R.E. aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlash maqsadida bank muassasasidan ajratilgan 2,2 mlrd so`m imtiyozli kredit evaziga kartoshka mahsulotini import qilmasdan ushbu mablag`larni o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi hamda 497,9 mln so`m soliqlarni to`lashdan bo`yin tovlaganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 184-moddasi (soliqlar yoki yig`imlarni to`lashdan bo`yin tovlash) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
 

    Boshqa yangiliklar