Farg`onada fuqaro suv ta`minoti xodimiga pichoq bilan hujum qildi. Holat videosi tarmoqda tarqaldi.
Ma`lum qilinishicha, buvaydalik fuqaro tomorqasini ichimlik suvi bilan sug`orib kelgan. Natijada suvdan katta qarzdorlik kelib chiqqan.
Oqibatda g`azablangan fuqaro ichimlik suvi nazoratchilariga pichoq hujum qilgan.
«O`zsuvta`minot» AJ rasmiy xabariga ko`ra, holat yuzasidan T.K. va N.K.larga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 183,185 va 187-moddalariga asosan hujjatlar rasmiylashtirildi.
Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






