Bugun, 28 yanvar kuni Turkiya poytaxti Istanbulda noma`lum ikki kishi Santa-Mariyacherkoviga kelayotganlarga qarata o`t ochgan. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
O`sha paytda cherkov yaqinida 50 ga yaqin odam bo`lgani aytilmoqda. Bir kishi halok bo`lgan.
Hozirda keng ko`lamli tergov boshlangan va hujumchilarni qo`lga olish ishlari olib borilmoqda.
Prezident Erdo`g`on cherkovga uyushtirilgan hujum gumondorlari qidirilayotganini va ular yaqin orada qo`lga olinishini aytdi.