"O`zgidromet" xabariga ko`ra, bugun respublika bo`yicha ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba`zida 25-28 m/s gacha etishi mumkin. Harorat 2-7° iliq, shimolda 0-5° sovuq bo`ladi.
Poytaxtda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-7° iliq bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarida vaqti-vaqti bilan qor yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2° sovuq -3° iliq bo`ladi.






