Ijtimoiy tarmoqlarda "Mersedes-Benz" rusumli yuk avtotransport vositasi Afg`oniston va O`zbekiston davlatlariga tegishli alohida-alohida davlat raqamlarida harakatlanayotganligi aks etgan suratlar tarqaldi. Holat yuzasidan Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi izoh berdi.
Ma`lum qilinishicha, mazkur yuk avtotransport vositasi O`zbekiston Respublikasiga tegishli bo`lib, davlat raqam belgisi 75 398 VAA ekanligi aniqlanib, belgilangan tartibda nazoratga olingan edi.
Xususan, 2024 yil 26 yanvar kuni ushbu yuk avtotransport vositasi «Ayritom» chegara bojxona postida to`xtatilib, avtotransport vositasiga tegishli hujjatlar ko`zdan kechirilganda, avtotransport vositasiga Afg`oniston davlatiga tegishli BLH 283 raqami taqilgan holda harakatlangan holatlar mavjudligi sababli, avtotransport vositasi qonuniy chora ko`rish uchun Viloyat yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlariga topshirildi.






