Ijtimoiy tarmoqlarda "Toshkent city" hududidagi binoning 15 qavatidan bir inson qulab tushgani haqida xabarlar tarqaldi.
FVV matbuot xizmati xabar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Ma`lum qilinishicha, kecha 28 yanvar kuni FVV Maxsus vazifalar bo`yicha respublika qutqaruv markazi shaxsiy tarkibi tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong`in xavfsizligini ta`minlash va sodir bo`lganda to`g`ri harakt qilish bo`yicha rejaviy maxsus-taktik o`quv mashqi o`tkazildi. Unda jabrlanganlarni xavfsiz joyga olib chiqish, birinchi tibbiy yordam ko`rsatish hamda yong`inlar va avariya oqibatlarini bartaraf etish bo`yicha amaliy harakatlar bajarilib, xodimlar bilim va ko`nikmalari mustahkamlandi. Maxsus-taktik o`quv mashqi davomida hech kim jabrlangani yo`q, deyiladi xabarda.






