Taxtaqoracha dovoni kuchli qor yog`ayotgani sababli avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidan o`tgan M-39 avtomobil yo`lining Taxtaqoracha dovoni 29 yanvar kuni soat 10:20 dan boshlab vaqtincha yopildi.
Qayd etilishicha, ayni daqiqalarda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng ko`lamli profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda.
Dovon yo`li qayta ochilishi bo`yicha qo`shimcha ma`lumot taqdim etiladi.






