AsosiyJamiyat

O`zbekiston bo`ylab hafta davomida kutilayotgan ob-havo prognozlari e`lon qilindi

'O`zbekiston bo`ylab hafta davomida kutilayotgan ob-havo prognozlari e`lon qilindi'ning rasmi

Bugun O`zbekiston hududi nam va nisbatan sovuq havo massalari ta`siri ostida bo`ladi, respublika bo`yicha asosan yomg`ir ko`rinishidagi yog`ingarchilik kuzatiladi, tog` oldi va tog`li hududlarda yog`ingarchilik kuchli bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda esa ba`zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduzgi havo harorati oldingi kunga nisbatan pasayadi va 2-7 daraja iliqdan yuqori bo`lmaydi, respublika shimolida 3-5 daraja sovuq bo`ladi.

Ertaga respublika hududining katta qismida yog`ingarchilik jadalligi va ehtimoli kamayadi. Ko`pchilik viloyatlarda ba`zi joylarda qor ko`rinishidagi biroz yog`ingarchilik, sharqiy hududlarda esa (Toshkent, Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida) asosan yomg`ir ko`rinishidagi yog`ingarchilik bo`lishi mumkin. Faqat respublikaning janubida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuqni, kunduzi 2-7 daraja iliqni, shimolda kechasi 8-13 daraja sovuqni, kunduzi 0-5 daraja sovuqni tashkil etadi.

31 yanvar – 1 fevralda respublika hududining katta qismida yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatining ayrim joylarida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. Havo harorati kechalari 0-5 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq, shimolda kechalari 10-15 daraja sovuq, kunduz kunlari 3 darja sovuq-2 daraja iliq atrofida bo`ladi.

Ushbu ish haftasi davomida respublika bo`yicha ba`zi joylarda tuman hodisalari kuzatiladi.  

29 yanvardan 31 yanvargacha Toshkent va Namangan viloyatlarining tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi bor.

Poytaxtimizda: bugun vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Shamol g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kunduzi 5-7 daraja iliqni tashkil etadi.

Seshanba va chorshanba kunlari biroz yog`ingarchilik (yomg`ir yog`adi, qorga aylanadi) bo`lishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.  

Havo harorati 30 yanvarda kechasi 1-3 daraja iliq, kunduzi 4-6 daraja iliq, 31 yanvarda kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 3-5 daraja iliq bo`ladi.

1 fevralda asosan yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 1-3° sovuqni, kunduzi 3-5° iliqni tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar